Axborotda qayd qilinişiça, sud mustaqilligini ta’minlaş, sudyalarni taşqi bosimlardan himoya qiliş uçun Sudyalar oliy kengaşi bevosita mas’ul hisoblanadi.
Hisobot davrida 59 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi, jumladan, sudyalik qasamyodini buzganligi hamda Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etmagani uçun 19 nafar sudya lavozimidan ozod etildi, 3 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortildi, 58 nafar sudyaning lavozimlari pasaytirildi. Sudyalik vakolati muddati tugagan 33 nafar sudya navbatdagi sudyalik lavozimiga noloyiq deb topildi hamda 266 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi.
Ötgan yilda sud faoliyatiga aralaşganlik holatlari böyiça Boş prokuraturaga 5 ta taqdimnoma kiritildi. Kengaşning rasmiy veb-saytida sudya daxlsizligi buzilganligi yuzasidan tezkor xabar yuboriş imkoni yaratildi.

Sudyalar daxlsizligi va mustaqilligini ta’minlaş doirasida hududiy sudlar raislari tomonidan çiqarilgan 6 mingdan ortiq buyruq örganilib, 231 ta buyruqda 314 nafar sudyalarga nisbatan odil sudlov bilan boğliq bölmagan vazifalar yuklatilgani aniqlangan hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan aniq çoralar körilgan.
Şu bois, sudyani öziga xos bölmagan vazifalardan ozod etiş maqsadida sud apparati xodimlari bilan işlaş, moddiy-texnik ta’minot va barça taşkiliy işlarga mas’ul böladigan “sud ma’murçiligi” institutini taşkil etiş böyiça ilğor xorijiy tajriba örganiladi.
Sudyalar mustaqilligi va daxlsizligini ta’minlaş borasida Sudyalar intizomiy hay’atini taşkil etiş orqali sudyaga nisbatan intizomiy jazo qöllaşning xolis tartibini yaratiş taklif qilindi.
Sudya va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qilişni yölga qöyiş, sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan komplayens nazorat tizimini joriy etiş, sud apparati xodimlarini işga olişning oçiq tartibini yaratiş kabi taşabbuslar ilgari surildi.

Bundan taşqari, xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça amalga oşirilayotgan davlat siyosati doirasida sud tizimida ham gender tenglikni ta’minlaş masalasi muhokama qilindi. Jumladan, yaqinlaşib kelayotgan 10 mart – Xalqaro ayol sudyalar kunini nişonlaş böyiça rejalar belgilab olindi.












