Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Rossiya shaharlariga bir qator reyslarni bekor qildi
Uzbekistan Airways Rostov va Krasnodarga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi.
Rossiyaning Rostov-Don (Platov) va Krasnodar shaharlari xalqaro aeroportlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani munosabati bilan, aviakompaniya bir qator muntazam qatnovlar bekor qilinganini bildirdi.
Ular:
- HY-9647/9648 Toshkent-Rostov-Don-Toshkent yo‘nalishida – 25, 27 fevral va 2 mart kunlari;
- HY-9687/9688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida – 27 fevral va 1 mart kunlari;
- HY-3687/3688 Toshkent-Krasnodar-Toshkent yo‘nalishida – 2 mart kuni.
Bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalar to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishi yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026