Kun.uz nomidan ochilgan soxta sahifalardan ogoh bo‘ling!
So‘nggi vaqtlarda Kun.uz nomi va logotipidan foydalangan holda Telegram'da kanal va guruhlar ochib, sayt yo‘nalishi va imijiga mutlaqo mos kelmaydigan turli mazmundagi postlar va reklama joylashtirayotgan firibgarlar ko‘payganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Hurmatli saytimiz kuzatuvchilari! Qanday bo‘lmasin, odamlarni aldab, nopok yo‘llar bilan pul topishga urinayotgan bu kabi soxta kanallardan ogoh bo‘ling.
Kun.uz'ning ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeridagi deyarli barcha sahifalari rasmiy (“verified”) maqomga ega.
Tahririyat tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik borligini yana bir bor eslatib o‘tadi va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Kun.uz nomi va logotipidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan qalloblarga qarshi kurashni davom ettiradi.
Aldov qurboni bo‘lib qolmaslik uchun obunachilarimizdan yuqorida tilga olingan jihatlarga e’tiborli bo‘lishni so‘raymiz.
Ijtimoiy tarmoqlardagi Kun.uz rasmiy sahifalari:
O‘zbek tilida:
Telegram: t.me/kunuzofficial
Telegram: t.me/kunuz (lotin alifbosida)
Facebook: fb.com/kunuznews
Instagram: instagram.com/kun.uz
Twitter: twitter.com/KunUzNews
Odnoklassniki: ok.ru/kunuznews
Rus tilida:
Telegram: t.me/kunuzru
Facebook: fb.com/kunuz.ru
Instagram: instagram.com/kun.uzru
Twitter: twitter.com/Kun_uzRu
Ingliz tilida:
Telegram: t.me/kunuzen
Facebook: fb.com/kunuzenglish
YouTube'da:
Mavzuga oid
10:02 / 19.09.2024
Telegram’dan soxta havola jo‘natib o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
23:29 / 18.09.2024
Durov farzandlarining onasi Telegram aktivlariga da’vo qilmoqda
10:00 / 07.09.2024
Pavel Durov Telegram’da moderatsiyani yaxshilashga va’da berdi
09:47 / 06.09.2024