Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar haqida axborot berildi
Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi 2022 yilning dastlabki 2 oyi davomida aniqlangan yer qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq holatlar haqida axborot berdi.
Jumladan, 1 mart holatiga Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida Xorazm viloyati hududida 198 ta holatda 8 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan. Ulardan noturar joy qurish, tomorqa sifatida, baliq hovuzlarini qazish, tuproq kareriga aylantirish va boshqa maqsadlarda foydalanilgan.
28 ta qonunbuzilish holatlari (0,26 gektar) ixtiyoriy bartaraf etilgan.
70 ta holatda (1,33 gektar) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Shundan 1 ta (0,02 gektar) da’vo arizasi qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qarori chiqqan.
66 ta holatda (1,74 gektar) hujjatlar qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:29 / 05.03.2026