Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Jahon iqtisodiyotidagi inqirozli hodisalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirish va sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama savdo hajmining o‘sish sur’atini ta’minlash, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va to‘qimachilik tarmoqlari, transport va logistika sohalarida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasidagi qo‘shma tadbirlarni faol o‘tkazish muhimligi qayd etildi.
Muloqot yakunida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahoriy ayyom – Navro‘z munosabati bilan bir-birini chin dildan qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Suhbat har doimgidek ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
16:18 / 02.09.2024
Qozog‘iston prezidenti mamlakat xalqiga murojaatnoma yo‘lladi
17:28 / 15.08.2024
Qozog‘istonda prezident va Olimpiada sovrindorlari uchrashuvi boshqa sanaga qoldirildi
17:34 / 10.08.2024