O‘zbekiston | 18:15 / 17.03.2022
15483
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda laylakqor yog‘di

Navoiy viloyatining shimoliy va tog‘li hududlariga qish qaytdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bugun Zarafshon shahrida deyarli kun davomida laylakqor yog‘gan. Yaqinda gullagan daraxtlar yana oppoq qorga burkangan. Ayni damda viloyat markazidan 200 km olisda joylashgan shaharda qish harorati hukmron.

Tushdan keyin Nurota va Konimex tumanlarida ham qor yog‘a boshlagan.

Oldinroq “O‘zgidromet” 19-20 martda kechalari havo harorati 0-3 daraja iliqqacha pasayishi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

Mavzuga oid