Iqtisodiyot | 16:58 / 17.03.2022
25648
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 500 so‘mdan oshdi

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket jiddiy ko‘tarilishi davom etmoqda.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 241,61 so‘mga ko‘tarilib, 11 571,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 344,14 so‘mga ko‘tarilib, 12 792,83 so‘m bo‘ldi.

Rubl 5,41 so‘mga ko‘tarilib, 110,56 so‘m bo‘ldi.

16 mart kuni dollarning rasmiy kursi 180,26 so‘mga ko‘tarilib, 11 330,38 so‘mni tashkil qilgandi. 17 mart kuni esa tijorat banklarida dollar kursi 1 630 so‘mgacha ko‘tarildi.

Mavzuga oid