Özbekiston Markaziy banki 24 iyundan boşlab xorijiy valutalarning özbek sömiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. AQŞ dollari kursi kunlik savdolar yakuniga köra yana 85,9 sömga öz qiymatini yöqotdi.

Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket oltinçi savdo kuni sömga nisbatan pasayib, deyarli 349 sömga (2,7 foiz) — 12 760,2 sömdan 12 410,9 sömga arzonlaşdi. Bu – 2024 yilning 29 yanvaridan (12 400 söm) beri qayd etilgan eng past körsatkiç.

Yil boşidan buyon milliy valuta AQŞ valutasiga nisbatan 3,8 foizga mustahkamlandi. Taqqoslaş uçun, 2024 yilning mos davrida söm 2,2 foizga (12 352 sömdan 12 625 sömga) qadrsizlangan edi.

«Söm mustahkamlanayotgani yöq, dollar qadrsizlanyapti»

Iqtisodçi Yuliy Yusupov sömning sönggi paytlardagi harakati haqida izoh berdi. Uning ta’kidlaşiça, bu holatni valuta mustahkamlanişi sifatida baholaş notöğri. Sömning qadri ortmayapti, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflaşuvi kuzatilyapti.

«Masalan, 2025 yil boşidan beri söm yevroga nisbatan 7,2 foizga, rublga nisbatan 22,4 foizga va funt-sterlingga nisbatan 4,2 foizga qadrsizlangan. Bu esa sömning real qiymatida mustahkamlaniş emas, balki inflatsiya darajasida devalvatsiyani körsatadi», deb yozdi iqtisodçi.

Yusupovning ta’kidlaşiça, Özbekistonning asosiy savdo hamkorlari AQŞ emas, balki Xitoy, Rossiya va Yevropa bölgani uçun sömning dollarga nisbatan biroz oşib borişi amalda uning umumiy qiymatini kötarmagan.