![](https://storage.kun.uz/source/8/qFo2n5dzD9c2pv3jfZOj18cfYqUMnRMP.jpg)
Foto: Vazirlar Kengashi
Kazakov Rustamjon Allayarovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
R. Kazakov tayinlovga qadar Nukus shahar 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar vaziri, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri tayinlangandi.