Qoraqalpoğiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri lavozimiga Sağindiq Turmanov tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpoğiston axborot agentligi xabar berdi.

Sağindiq Turmanov tayinlovga qadar faoliyati tugatilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri lavozimida işlagan.
Şuningdek, Tursinbay Abdijabbarov yangidan taşkil qilingan Qoraqalpoğiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari lavozimida iş boşlagan.

U bungaça Qoraqalpoğiston Respublikasi mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Bundan oldin Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vaziri hamda Möynoq va Bözatov tumani hokimlari tayinlangandi.








