Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tezlikni oshirgan BMW litsey yonida daraxtga urilib, ag‘darilib ketdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida BMW ag‘darilib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.
2022 yilning 20 aprel kuni taxminan soat 07:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Niyozbek ko‘chasidagi International House Tashkent akademik litseyi qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1994 yilda tug‘ilgan K.J. “BMW” rusumli avtomashinani boshqargan vaqtida tezlikni oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada, avtomashina yo‘l chetidagi daraxtga urilib, ag‘darilib ketgan.
Haydovchi va saloni ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:58 / 07.03.2026
BMW urib ketgan YPX xodimi ishi: avariya tasvirlari paydo bo‘ldi
13:14 / 05.03.2026
“Bu – qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish uchun jiddiy signal” – BMW YPX xodimini urib ketishi voqeasi haqida suhbat
08:49 / 28.02.2026
BMW yong‘in xavfi sabab 330 mingta avtomobilni qaytarib olyapti
08:26 / 27.02.2026