Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nasaf» o‘z tarixida ilk bor OChL 1/8 finaliga yo‘l oldi
Foto: PFL
Osiyo Chempionlar Ligasida 6-tur o‘yinlari davom ettirildi.
Ye guruhida «Nasaf» so‘nggi turda Iordaniyaning «Al Vihdat» (6) klubi bilan jangovar durang qayd etdi. Marko Stanoyevich va Husayn Norchayevning gollari qarshiliklarni keyingi bosqichga olib chiqdi.
Shu tariqa «Nasaf» guruhda 9 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘z tarixida ilk bor OChL pley-offiga yo‘llanma oldi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida «Al Faysali» (9) Qatarning «As Sadd» (4) jamoasi bilan o‘ynaydi. Ammo mezbonlar natijadan qat’i nazar qo‘shimcha ko‘rsatkichlardagi ustunlik evaziga 1-o‘rindan pastga tushib ketmaydi va pley-offda qatnashadi.
Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi 1/8 finalda V guruhi g‘olibi, Saudiya Arabistonining «Ash Shabob» klubi bilan to‘qnash keladi. Nimchorakfinal bellashuvlari 2023 yil 3-4 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
OChL. Ye guruhi. 6-tur
Al Vihdat — Nasaf 2:2
27 aprel. Saudiya Arabistoni
Gollar: Muhammad Anas (34), Abu Taha (82) — Marko Stanoyevich (3), Husayn Norchayev (59).
Al Vihdat — Ahmad Navvas, Muhammad Abuhashesh, Muhammad Addmeiri, Abu Amara (Abu Taha, 75), Xolid Assam (Anas Hamad, 61), Ahmad Israivah (Ahmad Haykal, 75), Firas Shilbaya, Tariq Xattob, Klarens Junior Bitang, Muhammad Anas, Ahmad Samir.
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov, Dilshod Saitov, Ivan Solovev (Suhrob Nurulloyev, 63), Husayn Norchayev (Semir Smaylagich, 63), Bahrom Abdurahimov (Murol Rahmatov, 90+1), Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Shilbaya (9), Bitang (43).
Mavzuga oid
20:41 / 24.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida beshinchi o‘yinni ham yutqazdi
16:31 / 20.11.2025
Superligada chempionlik poygasi. So‘nggi turlar oldidan qanday intrigalar bor?
21:09 / 03.11.2025
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida to‘rtinchi o‘yinni ham yutqazdi
17:57 / 31.10.2025