O‘zbekiston | 10:57 / 06.05.2022
16906
1 daqiqa o‘qiladi

Mir-Akbar Rahmonqulov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari tayinlandi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, Mir-Akbar Rahmonqulov O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Mir-Akbar Rahmonqulov 1952 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1975 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha - huquqshunos. U yuridik fanlar doktori hisoblanadi.

Mir-Akbar Rahmonqulov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi hozirda vakant hisoblanadi.

Qahramon Quranboyev va Umar Ismoilov mos ravishda prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Mavzuga oid