O‘zbekiston | 09:59 / 07.05.2022
13509
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiqdagi sel oqibatida poyezdni elektr bilan ta’minlovchi tayanch ustuni quladi

Qamchiq dovonida kuzatilgan sel-toshqin oqibatlari bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Videodan kadr

Joriy yilning 4 may kuni soat 21:30 larda Qamchiq dovonida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida «Angren-Pop» elektrlashtirilgan temiryo‘li 19-kilometri, «Ko‘l» stansiyasiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining yuvilishi oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulagan.

Yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tezkor shtab tuzilib, «Qamchiq» MQYoQB va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ maxsus avariya-tiklash brigadasi va muhandislik texnikalari bilan yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilib, elektr tayanch ustuni, yo‘l ostidan qo‘shimcha sel o‘tkazgich qurish ishlari amalga oshirildi.

Avtomobil yo‘lida sel, toshqin oqibatlarini bartaraf etish va yog‘ingarchilik suvlarini betalafot o‘tkazib yuborish maqsadida, suv o‘tkazish inshootlarini va kyuvetlarni tozalash tadbirlari olib borilgan. 

Qayd etilishicha, dovon hududida hodisa oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari davom etmoqda.

Bundan oldin Toshkent - Andijon - Toshkent yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgandi.

Bu Farg‘ona vodiysida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgani, poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgani ma’lum qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid