«Bunyodkor» bosh murabbiyni iste’foga chiqardi
Superliganing joriy mavsumida dastlabki iste’fo ro‘y berdi.
Shuhrat Maqsudov «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi, uning o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlangan. Toshkentliklar klubi matbuot xizmati jamoa murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.
«Superliganing 6-turi doirasida «Olimpik»ka yutqazgan «Bunyodkor» klub tarixida o‘z maydonidagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatga uchragan edi (1:5).
Mazkur muvaffaqiyatsizlikdan keyin klub rahbariyati murabbiylar shtabi oldiga «Navbahor»ga qarshi navbatdagi bahsda g‘alaba qozonish vazifasini qo‘ygandi. Garchi Namanganda mag‘lubiyatga uchralgan bo‘lsa-da, mezbonlar bilan bellashuvda «qaldirg‘ochlar» mazmunli o‘yin va munosib qarshilik ko‘rsata olganlaridan kelib chiqib, murabbiylar shtabiga yana imkoniyat berilgandi.
Superliganing 8-turida «Metallurg» jamoasi bilan kuch sinashgan «Bunyodkor» yana muhim ochkolarni boy berdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng klub rahbariyati tomonidan murabbiylar shtabida o‘zgarishlar amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan bugun klub qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi», deya yozadi klub rasmiy sayti.
Ma’lum qilinishicha, bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov, murabbiy Aram Ananyan va darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov o‘z lavozimlarini tark etishi e’lon qilingan.
Shu kunga qadar bosh murabbiy assistenti bo‘lib ishlab kelgan Viktor Karpenko bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Anvar G‘ofurov bosh murabbiy assistenti lavozimiga o‘tkazilgan. Ruminiyalik Avgustin Chirita jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishini davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, «Bunyodkor» Superliga 8-turidan keyin hozircha 11 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.
Mavzuga oid
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
14:08 / 22.07.2024
«U darhol iste’foga chiqishi kerak» - Baydenning qaroriga AQSh va dunyodagi reaksiyalar
18:37 / 14.05.2024
Qashqadaryo hokimi 22 nafar mas’ulni ishdan oldi
13:11 / 02.04.2024