Bu haqda Ukraina Oliy radasi raisi Ruslan Stefançuk ma’lum qildi. Uning aytişiça, prezident tomonidan yuborilgan taqdimnoma parlamentga rasman kelib tuşgan va deputatlar uni yaqin majlisda körib çiqadi.

Boş vazir lavozimi 14 iyul kuni Yuliya Sviridenkoning iste’fosi qabul qilinganidan keyin böşagan edi. Ukraina qonunçiligiga muvofiq, boş vazirning iste’fosi butun hukumatning vakolatlari tugaşini anglatadi. Sviridenko hukumatga 2025 yil 17 iyuldan rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Oliy rada deputati Yaroslav Jyeleznyakning ma’lum qilişiça, boş vazirlik uçun dastlab tört nafar ehtimoliy nomzod muhokama qilingan. Ular orasida «Naftogaz» rahbari Sergey Koretskiy, energetika vaziri Denis Şmixal, mudofaa vaziri Mixail Fedorov hamda Xarkiv şahri meri Igor Terexov bor edi.

Keyinroq prezident Volodimir Zelenskiy ötkazilgan maslahatlaşuvlar yakunlari böyiça Sergey Koretskiyni mazkur lavozim uçun eng munosib nomzod deb hisoblaşini ma’lum qildi.

Hukumat tarkibi ham özgaradi

16 iyul kuni bölib ötadigan parlament majlisida nafaqat boş vazir, balki yangi vazirlar mahkamasi tarkibi ham ovozga qöyilişi rejalaştirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, hukumatdagi eng muhim özgarişlardan biri Mudofaa vazirligida böladi. Amaldagi mudofaa vaziri Mixail Fedorov lavozimini tark etişi kutilmoqda. Uning örniga hozirgi içki işlar vaziri Igor Klimenko nomzodi ilgari surilgan.

Içki işlar vaziri lavozimiga esa hozirgi Milliy politsiya rahbari Ivan Vigovskiy tayinlanişi rejalaştirilmoqda.

Şu bilan birga, taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa öz lavozimini saqlab qolişi kutilmoqda.

Agar parlament deputatlari prezident taqdim etgan nomzodni qöllab-quvvatlasa, Sergey Koretskiy Ukraina hukumatiga rasman rahbarlik qilişni boşlaydi va mamlakatning yangilangan vazirlar mahkamasi işga kirişadi.