Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va tiklash rejalarini tasdiqladi
Ukrainaning shoshilinch ehtiyojlarini qondirish uchun Yevropa komissiyasi rekord darajadagi makromoliyaviy yordam dasturini e’lon qildi. Urushdan keyingi tiklanish uchun esa u islohot bilan aniq bog‘langan investitsiya rejasi tashabbusini boshladi.
Yevropa komissiyasi (YeK) Ukrainaga zudlik bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish, shuningdek, Rossiya tomonidan boshlangan urushdan keyin mamlakatni uzoq muddatli tiklash rejalarini tasdiqladi. Bu tashabbuslar haqida 18 may, chorshanba kuni Bryusselda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen e’lon qildi, shundan so‘ng ular yevrokomissarlar tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lum qilindi, deb xabar beradi DW.
Yevrokomissiya urush tufayli Ukrainaning soliq va eksport tushumlari keskin kamayganini, shu bilan birga, xarajatlar ko‘payganini eslatdi. XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyigacha budjet taqchilligi taxminan 14 milliard yevroni tashkil qiladi. Yevrokomissiya taqdim etilgan yordamga qo‘shimcha ravishda 9 milliard yevrogacha bo‘lgan yangi makromoliyaviy yordam dasturini e’lon qildi.
Ushbu kredit mablag‘lari 2022 yil davomida transhlarda to‘lanishi rejalashtirilgan. YeK ularning qaytishi va «imtiyozli foiz stavkalari»ning uzoq muddatini va’da qildi. Endi Bryussel rasmiylari yangi makromoliya dasturi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlab, taqdim etishi kerak, keyin esa u Yevropa ittifoqi kengashi va Yevroparlament tomonidan ko‘rib chiqiladi.
YeK Ukrainani qayta tiklash katta xalqaro sa’y-harakatlarni talab qilishini va shuning uchun ularga «Rossiya agressiyasi davom etayotgan bir paytda» asos tayyorlanishi kerakligini ta’kidladi.
Bryussel rasmiylari fikricha, Ukrainani tiklash rejasi (RebuildUkraine)ni amalga oshirish uchun alohida platforma yaratilishi kerak, uni Yevropa komissiyasi va Ukraina hukumati birgalikda boshqaradi. Unda Yevropa ittifoqi davlatlari, boshqa mamlakatlar, xalqaro moliya tashkilotlari ham ishtirok etishi kerak.
Yevropa ittifoqi tiklanish rejasini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynashga tayyor, buning uchun YeK alohida moliyaviy vosita - RebuildUkraine Facility’ni yaratishni taklif qildi. U grantlar va kreditlardan iborat bo‘ladi. Yevrokomissiyada Ukrainani urushdan keyin tiklash uchun zarur bo‘lgan umumiy mablag‘ miqdori hali noma’lum ekani qo‘shimcha qilindi.
Yevrokomissiyada qayta tiklash Ukraina islohoti bilan birga borishi kerakligi ta’kidlandi. «Keng islohot dasturi bilan aniq aloqani o‘rnatish tiklanish sa’y-harakatlarining muvaffaqiyati uchun juda muhim bo‘ladi. Ukraina o‘tgan yillar davomida islohotlar bo‘yicha sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. To‘liq tiklanish boshlanganda bu islohotlarni birlashtirish va tezlashtirish muhim bo‘ladi», - deyiladi Yevrokomissiya hujjatida. Shu bilan birga, tashabbus mualliflari mamlakatni urushdan keyingi tiklash Yevropa ittifoqining «yashil» va raqamli ustuvorliklariga muvofiq amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaydi.
«Vaqt o‘tib, investitsiyalar va islohotlarning bu kombinatsiyasi Ukrainani Yevropa yo‘lidan borishda qo‘llab-quvvatlaydi. Bu YeIga qo‘shilish jarayoni uchun juda muhim», - dedi fon der Lyayyen. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap birinchi navbatda korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, ma’muriy va sud-huquq islohotlari haqida bormoqda.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026