O‘zbekiston | 07:43 / 21.05.2022
12417
2 daqiqa o‘qiladi
«Inomarka»lar importi ikki baravarga oshdi
Yengil avtomobillar importi ikki baravarga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 280,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 12 017 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6113 taga yoki 2 baravarga oshgan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.
4 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 6100 ta
- Koreya – 2971 ta
- Qozog‘iston – 1849 ta
- Rossiya – 848 ta
- AQSh – 80 ta
- BAA – 47 ta
- Yaponiya – 45 ta
- Germaniya – 31 ta
- Tailand – 10 ta
- Hongkong – 10 ta
O‘zbekiston qaysi oyda yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgani ham ma’lum bo‘ldi.
Ular:
- yanvar – 3037 ta
- fevral – 2911 ta
- mart – 2560 ta
- aprel – 3509 ta
Mavzuga oid
12:06
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
14:00 / 15.11.2024
2025 yildan O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi cheklanadi
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
07:31 / 12.11.2024