O‘zbekiston | 07:49 / 30.05.2022
63803
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova vafot etdi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston qahramoni, Oltiariq tumanidagi «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston qahramoni Lola Murotovaning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Farg‘ona viloyati hokimligi bu xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

12 may kuni Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Oltiariq tumanidagi «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotovaning holidan xabar olish maqsadida bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, prezident maslahatchisi o‘rinbosari Abdurashid Jo‘raboyev va Sherzod Asadov borgandi.

O‘shanda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va boshqalardan konsilium boshchiligida tajribali shifokorlar tomonidan kerakli muolajalar olib borilayotgani aytilgandi.

Qishloq xo‘jaligida 40 yildan ortiq mehnat qilgan Lola Murotovaga Prezident tomonidan 2019 yilda O‘zbekiston qahramoni unvoni berilgan.

Mavzuga oid