O‘zbekiston | 20:29 / 02.06.2022
47080
2 daqiqa o‘qiladi

Eng keng tarqalgan elektr jihozlar qancha energiya sarflaydi?

Energetika vazirligi ko‘plab xonadonlarda mavjud 11 ta elektr jihozining bir oylik energiya sarfi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Manba: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Unga ko‘ra, xonadonda bittadan televizor, muzlatkich, dazmol, elektr choynak, mikroto‘lqinli pech (yoki elektr “duxovka”), kir yuvish mashinasi, suv isitish boyleri (“ariston”), changyutgich, kompyuter va 7 ta lampochka bo‘lsa, mazkur 11 turdagi elektr pribor bir oyda 180 kVt soat energiya sarflaydi.

Hozirgi narxda (295 so‘m) bu 53 100 so‘mni tashkil etadi. 1 iyuldan oyiga 250 kVt soatgacha bazaviy norma doirasida taklif etilayotgan (325 so‘m) narxda esa 58 500 so‘mga aylanadi, farq – 5400 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, muhokamaga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida 1 iyuldan elektr tariflarini xonadonlar uchun quyidagicha oshirish ko‘zda tutilgan:

1 kVt soat elektr energiyasi uchun taklif etilayotgan yangi narxlar (aholi uchun):

  • ijtimoiy norma doirasida: oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m;
  • 251-kVt soatdan boshlab har 1 kVt soat uchun – 650 so‘m.

Mavzuga oid