1 iyuldan elektr va gaz böyiça tabaqalaştirilgan tariflarga ötiladi
|20:35 / 31.05.2022115 5219 min
Elektr va gaz tariflarini oşiriş böyiça qaror loyihasi muhokamaga qöyildi. Kutilganidek, oylik bazaviy normani kiritiş orqali tariflar tabaqalaştiriladi. Ma’lum qilinişiça, aksariyat oilalarda oşgan narxlardagi qöşimça tölov miqdori bir oyga elektr uçun 7,5 ming sömgaça, tabiiy gaz uçun issiq oylarda 6 ming sömgaça, isitiş mavsumida 21 ming sömgaça böladi.
“Yoqilği-energetika resurslarining narxlarini özgartiriş töğrisida” hukumat qarori loyihasi muhokamaga qöyildi.
Loyiha ikki jihatiga köra ahamiyatli:
elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari oşirilmoqda;
energetika islohotining aniq muddatlari belgilanmoqda – bu islohot elektr va gaz tanqisligiga barham berişi lozim.
Tabaqalaştirilgan tölov tizimiga ötiladi
Elektr va gaz tariflariga ijtimoiy norma kiritilib, aholining köp energiya sarflaydigan (nisbatan öziga töq) qatlami xarajatlarini budjetdan subsidiyalaş qisqartiriladi.
Ijtimoiy norma miqdorini quyidagiça belgilaş taklif etilmoqda:
elektr energiyasi iste’moli böyiça 250kVt soatgaça;
tabiiy gaz böyiça oktyabr-martoylari uçun 700 kub metrgaça;
tabiiy gaz böyiça aprel-sentabroylari uçun 200kub metrgaça.
Quyida keltirilayotgan yangi narxlar 2022 yil 1 iyuldan boşlab joriy etilişi kutilmoqda. Eslatib ötamiz, gaz va “svet” tariflari oxirgi marta 2019 yil yozida oşirilgandi.
1 kVt soat elektr energiyasi uçun taklif etilayotgan yangi narxlar (aholi uçun):
ijtimoiy norma doirasida: oyiga 250 kVt soatgaça – 325söm(hozir 295 söm);
250 kVt soatdan yuqori har 1 kVt soat uçun – 650söm.
, taklif etilayotgan narxlar tasdiqlansa, xonadonlarning xarajati quyidagiça summaga oşadi:
250 kVt soatgaça elektr energiya işlatadigan abonentlar uçun qöşimça xarajat oyiga 7,5 ming sömgaça;
300 kVt soatgaça işlatadigan abonentlar uçun qöşimça xarajat oyiga 25 ming sömgaça;
400 kVt soatgaça elektr energiya işlatadigan abonentlar uçun esa qöşimça xarajat oyiga 61 ming sömgaça böladi.
Iqtisodiyot, Moliya va Energetika vazirliklarining matbuot xizmatlari taqdim etgan infografika
Şuningdek, 1 kVt soat elektr energiyasi narxi yuridik şaxslar uçun quyidagiça belgilanişi mumkin:
NKMK, OKMK va budjet taşkilotlari uçun – 800 söm;
qolgan yuridik şaxslar uçun – 600 söm (hozir 450 söm).
1 kub metr tabiiy gaz uçun taklif etilayotgan yangi narxlar (aholi uçun):
Isitiş mavsumi – oktyabr-martoylarida:
oyiga 700 kub metrgaça – 410 söm (hozir 380 söm);
700 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uçun – 1200 söm.
Isitilmaydigan mavsum – aprel-sentabroylarida:
oyiga 200 kub metrgaça – 410 söm (hozir 380 söm);
200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uçun – 1200 söm.
Ta’kidlanişiça, isitiş mavsumida:
700 kub metrgaça tabiiy gaz iste’mol qiluvçi abonentlar uçun qöşimça xarajat oyiga 21 ming sömgaça;
1 000 kub metrgaça iste’mol qiluvçi abonentlar uçun qöşimça xarajat oyiga 267 ming sömgaçani taşkil etadi.
Isitiş mavsumidan taşqari davrda:
200 kub metrgaça tabiiy gaz iste’mol qiluvçi abonentlar uçun qöşimça xarajat oyiga 6 ming sömgaça;
300 kub metrgaça iste’mol qiluvçi abonentlar uçun qöşimça xarajat oyiga 88 ming sömgaça böladi.
Iqtisodiyot, Moliya va Energetika vazirliklarining matbuot xizmatlari taqdim etgan infografika
Şuningdek, 1 kub metr tabiiy gaz narxi yuridik şaxslar uçun quyidagiça belgilanişi mumkin:
NKMK, OKMK va budjet taşkilotlari uçun – 1300 söm;
avtomobillarni gaz bilan töldiriş kompressor stansiyalari uçun – 1200 söm;
issiqlik elektr stansiyalari uçun – 1000 söm;
qolgan yuridik şaxslar uçun – 1150 söm.
Suyultirilgan gaz esa aholi uçun 1600 söm miqdorida belgilanmoqda (hozir 1120 söm). Bunda, 1 abonentga bir oyda örtaça 20 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilişi inobatga olinsa, abonentning qöşimça xarajati bir oyda 9,6 ming sömni taşkil etadi.
Hukumatga köra, Özbekistonda elektr energiyasi iste’mol qiluvçi jami 7,3 mln abonent bor va ularning 80 foizi oyiga örtaça 200 kVt soatgaça elektr energiyasini iste’mol qiladi. Lekin, mazkur xonadonlarning hissasiga aholi iste’mol qiladigan jami elektr energiyasining bor-yöği 31 foizi (5,7 mlrd kVt s) töğri keladi.
Şuningdek, tabiiy gaz iste’mol qiluvçi jami 4 mln abonent mavjud. Bu xonadonlarning 85 foizi oyiga örtaça 500 kub metrgaça tabiiy gaz iste’mol qiladi. Lekin, ularning hissasiga aholi jami iste’molining bor-yöği 35 foizi (4,5 mlrd kub m) töğri keladi.
Yuqoridagi körsatkiçlar energoresurslarni iste’mol qilişning yil davomida örtaça oylik darajasini ifodalagani sababli, örtaça oylik iste’molning aniq miqdorlarini aniqlaş maqsadida Toşkent va Namangan viloyatlari hamda Toşkent şahridagi abonentlarda tanlanma örganiş ötkazilgan.
Elektr energiyasi.Örganiş natijalariga köra, bu hududlarda yilning isitiş talab etilmaydigan davrida:
eski qurilgan köp qavatli uylarda yaşovçi 86 foiz,
yangi qurilgan köp qavatli uylarda yaşovçi 65 foiz,
hovlilarda yaşovçi 57 foiz abonent oyiga örtaça 250 kVt soatgaça elektr energiyasi iste’mol qilgan.
Isitiş mavsumida esa:
eski qurilgan köp qavatli uylarda yaşovçi 78 foiz;
yangi qurilgan köp qavatli uylarda yaşovçi 77 foiz;
hovlilarda yaşovçi 44 foiz abonent oyiga örtaça 250 kVt soatgaça elektr energiyasi iste’mol qilgan.
Tabiiy gaz.Yuqoridagi hududlarda yilning isitiş talab etilmaydigan davrida:
eski qurilgan köp qavatli uylarda yaşovçi 100 foiz abonent,
yangi qurilgan köp qavatli uylarda yaşovçi 99 foiz abonent,
hovlilarda yaşovçi 86 foiz abonent oyiga örtaça 200 kub metrgaça tabiiy gaz iste’mol qilgan.
Isitiş mavsumida esa:
eski qurilgan köp qavatli uylarda yaşovçi 100 foiz abonent;
yangi qurilgan köp qavatli uylarda yaşovçi 93 foiz abonent;
hovlilarda yaşovçi 64 foiz abonent oyiga örtaça 700 kub metrgaça tabiiy gaz iste’mol qilgan.
Mas’ul vazirliklar bayonotiga köra, respublikada yoqilği-energetika resurslariga talab yildan yilga oşib bormoqda. Xususan, oxirgi 5 yilda aholiga yetkazib berilgan –
elektr energiyasi hajmi 1,5 baravarga oşgan (11 mlrd kVt soatdan 16 mlrd kVt soatga);
tabiiy gazhajmi 1,3 barobarga oşgan (10 mlrd kub metrdan 13 mlrd kub metrga).
Şu bilan birga, ta’minotda jiddiy muammolar bor. 2021 yilda qondirilmagan talab 2-3 mlrd kVt soatni taşkil etgan.
Ortib borayotgan talabni qondiriş uçun işlab çiqarişning yangi quvvatlarini barpo etiş, xususiy investitsiyalarni keng jalb etişga töğri kelmoqda. Buning uçun esa energiya resurslari bozorini bosqiçma-bosqiç isloh qiliş talab etiladi.
Yuridik şaxslar uçun tariflar 2023 yilda ham özgaradi
Korxonalarni uzoq muddatli rejalaştirişga moslaştiriş, operatsion samaradorlikni va energotejamkorlikni oşiriş hamda tannarxni pasaytiriş uçun “perspektiv möljal”ni körsatiş maqsadida, joriy yil uçun yangi narxlar bilan birga 2023 yil 1 apreldan kuçga kiradigan yangi narxlarni ham tasdiqlaş taklif etilmoqda. Bunda, 2023 yil 1 apreldan quyidagi narxlar joriy etilişi közda tutilmoqda:
Elektr energiyasi böyiça:
Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet taşkilotlari uçun 800 söm miqdoridagi narxni saqlab qoliş;
qolgan yuridik şaxslar uçun – 700 söm.
Tabiiy gaz böyiça:
issiqlik elektr stansiyalari uçun – 1200 söm;
Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet taşkilotlari uçun – 1350 söm;
avtomobillarni gaz bilan töldiriş kompressor stansiyalari uçun – 1400 söm;
qolgan yuridik şaxslar uçun – 1350sömetib belgilaş.
2026 yildan töliq bozorga ötiladi
Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 1 apreldan örnatiladigan yoqilği-engergetika resurslarining narxlari 2024 va 2025 yillarda faqatgina inflatsiya darajasiga indeksatsiya qilib boriladi. 2026 yildan boşlab esa elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga ötiladi hamda narxlar erkin şakllanadi.