Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardor Umrzoqov Rossiya hukumati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Joriy yilning 3-4 iyun kunlari bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Moskva shahriga (Rossiya) tashrif buyurdi.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, ikki kunlik tashrif davomida Rossiyaning bir qator rasmiylari, xususan, hukumat raisi o‘rinbosari Aleksey Overchuk, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, amaldagi kelishuvlar hayotga joriy etilishi, shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirish muhim jihatlari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning barcha sohalarida mustahkam aloqalar hamda faol hamkorlik kuzatilayotgani qayd etildi. Oldin kelishilgan loyihalar, dastur va tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga o‘zaro sodiqlik bildirildi.
Investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport va logistika hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirish amaliy mexanizmlari bo‘yicha mushtarak pozitsiyalar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan masalalarni hal qilishga qaratilgan navbatdagi tadbirlar bo‘yicha takliflar almashildi hamda o‘zaro munosabatlar ko‘rib chiqilgan barcha yo‘nalishlarga doir amaliy hamkorlik qilish yo‘llari to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
21:09 / 13.05.2026
Rossiyadagi fabrikada o‘zbekistonlik va bangladeshlik ishchilar mushtlashdi
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:13 / 12.05.2026