Jahon | 11:48 / 09.06.2022
7016
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressi qurol bo‘yicha qonunlarni kuchaytirmoqchi 

Kongressmenlar miltiqlar sotib olish yoshini 18 yoshdan 21 yoshga oshirishga qaratilgan tuzatishni qabul qilmoqchi. Tashabbusning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati deyarli yo‘q, chunki Senatdagi respublikachilar uni to‘sib qo‘yishi aniq.

Foto: DPA / L.W. Smith

Texasdagi boshlang‘ich maktablardan birida sodir bo‘lgan ommaviy otishma bilan bog‘liq fojiadan ikki hafta o‘tib, 8 iyun, chorshanba kuni kechqurun AQSh kongressi vakillar palatasi demokratlarning ko‘pchilik ovozi bilan miltiqlar sotib olish bo‘yicha yoshni 18 yoshdan 21 yoshgacha oshirish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi

Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, bu tashabbus muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega emas, chunki u Senatda respublikachilar tomonidan bloklanishi mumkin. Kongress yuqori palatasida va vakillar palatasida tasdiqlangan qurol bo‘yicha qonunlarni kuchaytirishga oid bir qator boshqa islohotlarning istiqboli yo‘q. Senatda zaiflashtirilgan islohotlar paketini mo‘’tadil respublikachilar qo‘llab-quvvatlashiga umid qilib, palatadan o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 

Agar islohotlar baribir qabul qilinsa, ularning kuchga kirishi uchun faqat AQSh prezidenti Jo Baydenning imzosi talab qilinadi. Bayden esa qurolga oid qonunchilik kuchaytirish tarafdori, u kongressni harakat qilishga chaqirmoqda. 

Kongressmenlar yaqinda Texasning Yuvalde shahridagi boshlang‘ich maktabda 18 yoshli o‘smir 19 nafar bola va ikki o‘qituvchini miltiqdan otib o‘ldirgani fonida AQShda qurol bo‘yicha liberal qonunlarni kuchaytirishni muhokama qilmoqda. 

AQShda qurol to‘g‘risidagi qonunlar qisman shtat darajasida qabul qilinadi. Ko‘plab shtatlarda miltiqlarni 18 yoshdan boshlab osongina sotib olish mumkin. Shu bilan birga, AQShdagi restoranlarda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga hamma joyda faqat 21 yoshdan boshlab ruxsat beriladi. 

Mavzuga oid