Bayden Amerika sammitini demokratiya uchun birlashishga chaqiriq bilan ochdi
Jiddiy kun tartibiga qaramay, Amerika sammiti avvalroq ishtirokchilar ro‘yxati bo‘yicha uzoq davom etgan munozaralar soyasida qolmoqda. Bayden yig‘ilganlarni demokratiya uchun birlashishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika sammiti ochilishida butun dunyo bo‘ylab demokratiyaga tahdid haqida gapirib, ushbu xavf-xatarlarga qarshi turishga chaqirdi. Amerika yetakchisi 8 iyun, chorshanba kuni Los-Anjyelesda tegishli bayonot bilan chiqdi.
«Dunyo bo‘ylab demokratiya hujumga uchragan bir vaziyatda, keling, yana birlashamiz va demokratiya nafaqat belgilovchi xususiyat, balki Amerika kelajagining muhim tarkibiy qismi ekaniga ishonchimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», dedi Bayden.
«Ushbu sammit davomida biz dadil g‘oyalar, ulug‘vor harakatlar atrofida birlashish va xalqlarimizga demokratiyaning aql bovar qilmaydigan qudratini namoyish etish imkoniga egamiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Amerika rahbari 10 iyunga qadar davom etadigan tadbirdan Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash maqsadida foydalanmoqchi. Uchrashuvda migratsiya, energetika va iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda.
AQSh allaqachon Lotin Amerikasi va Karib havzasi uchun 500 000 nafar shifokor va hamshiralarni tayyorlashni e’lon qilgan.
Bundan tashqari, «iqtisodiy farovonlik bo‘yicha Amerika hamkorligi» mintaqada ta’minot zanjirlarini kuchaytirishi, investitsiyalarni soddalashtirishi va qayta tiklanadigan energiya sohasida ish o‘rinlari yaratishi kerak.
Katta kun tartibiga qaramay, sammit oldidan ishtirokchilar ro‘yxati bo‘yicha uzoq davom etgan muhokamalar soyasida qoldi.
Bayden ma’muriyati bir qator avtoritar davlatlar prezidentlarini taklif qilmadi: Kuba - Migel Dias-Kanel, Nikaragua - Daniel Ortega, shuningdek, Venesuela rahbari - Nikolas Maduro.
Natijada bir qancha siyosatchilar – Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador, Boliviya – Luis Arse va Honduras – Siomara Kastro – birdamlik tufayli o‘z ishtirokini bekor qildi. Bundan tashqari, Gvatemala, Urugvay va Salvador rahbarlari - Alexandro Jammattei, Luis Lakale Pou va Nayib Bukele, shuningdek, Karib havzasining ikki kichik davlati uchrashuvda qatnashmadi.
Meksika va Markaziy Amerikaning AQSh janubiy chegarasidagi migratsiya inqirozini hal qilishdagi ahamiyati hisobga olinsa, boykot Bayden uchun diplomatik muvaffaqiyatsizlikdir, deb yozadi Dpa agentligi.
Amerika sammitlari - 30 dan ortiq ishtirokchilarni birlashtirgan Amerika davlatlari tashkiloti shafeligida bir necha yilda bir marta o‘tkaziladigan G‘arbiy yarimshar mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvlari. Bu yilgi yig‘ilish AQSh tomonidan Los-Anjyelesda o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:19 / 11.11.2024
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
08:31 / 08.11.2024
Bayden hokimiyatni tinch yo‘l bilan Trampga topshirishga va’da berdi
01:11 / 07.11.2024