Sport | 16:14 / 24.06.2022
24525
2 daqiqa o‘qiladi

Diyora Keldiyorova – ikki karra «Katta dubulg‘a» turniri g‘olibi bo‘ldi

Mo‘g‘ulistonda start olgan dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» musobaqasining birinchi kun bellashuvlari yakuniga yetib bormoqda.

Foto: dzyudo

Turnirning dastlabki kuni o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 23 yoshli Diyora Keldiyorova oltin medal sohibiga aylandi. 

«Hamyurtimizga hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Alesya Kuznetsova raqiblik qildi. Qiziqarli kurashlarga boy bellashuvda Keldiyorova g‘alaba qozonib, «Katta dubulg‘a» turnirlarining ikki karra g‘olibi bo‘ldi», - deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Yana bir ahamiyatli tomoni, ushbu g‘alabasi evaziga Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun 500 reyting ochkosini ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, samarqandlik sportchi qiz 2019 yil BAAda o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni, o‘tgan yil Bishkekdagi qit’a birinchiligida esa bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 2021 yil Budapeshtda o‘tgan jahon chempionati jamoaviy bahslarida esa bronzaga ega chiqqandi.

Mavzuga oid