Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO sammiti Ukrainaga yangi yordam paketini ma’qulladi
NATO sammitida Ukrainaga alyans standartidagi qurollarga o‘tishga yordam beradigan yangi yordam paketi qabul qilindi. Shuningdek, u Kiyevga yonilg‘i kabi noharbiy yordam ko‘rsatishni ham nazarda tutadi.
NATO davlat va hukumat rahbarlari Madriddagi sammitda Ukrainaga yangi yordam paketini ma’qulladilar. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg 29 iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan birinchi ishchi uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi, deb xabar beradi DW. «Bugun yetakchilar Ukrainaga keng ko‘lamli yordam paketini qo‘llab-quvvatlash orqali yordam jarayonini yanada kuchaytirishga kelishib oldilar», dedi Stoltenberg.
Ushbu paket ikki turdagi qo‘llab-quvvatlovni nazarda tutadi. Birinchisi, qisqa muddatda Ukrainaga noharbiy yordam ko‘rsatish. Gap, masalan, yonilg‘i, birinchi tibbiy yordam to‘plamlari haqida ketyapti. Stoltenberg ta’kidlaganidek, dronlarga qarshi tizimlar va xavfsiz aloqa uchun uskunalar ham taqdim etiladi. Ikkinchi turdagi yordam uzoq muddatga mo‘ljallangan: alyans Ukrainaga sovet tipidagi qurollardan NATO standartidagi qurol va jihozlarga o‘tishda yordam bermoqchi.
NATOdagi DW manbasiga ko‘ra, yangi paket uchun bir necha yuz million yevro ajratiladi. Ukraina hukumati vakillari bilan hamkorlikda yil oxirigacha Ukrainaning NATO qurollariga o‘tishiga yordam berish bo‘yicha loyihalar tayyorlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026