Rossiya saytlari Belgorodda chegarachilar Ukraina tomondan o‘qqa tutilganini yozdi
Rus OAVlari «Shot» Telegram-kanaliga asoslanib yozishicha, Rossiyaning Belgorod shahrida chegarachilarga Ukraina tomondan hujum uyushtirilgan.
Xabarda aytilishicha, chegaradan 400 metr uzoqlikda joylashgan chegarachilar avtomobili o‘qqa tutilgan. Uning ichida bo‘lgan bir kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi kasalxonaga tushgan.
Ikkinchi mashina o‘qqa tutilishi oqibatida hech kim jabrlanmagan, faqat mashina zararlangan. Mashinalardan biri granatomyotdan o‘qqa tutilgani aytilgan, yana biriga esa dron yordamida portlovchi modda tashlangan.
3 iyul kuni Rossiyaning Ukraina bilan chegarada joylashgan Belgorod shahrida davomli portlashlar sodir bo‘lgan, oqibatda 4 kishi halok bo‘lgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ukrain harbiylari Rossiya hududida harbiy harakat olib bormayotganini aytgan, shu bilan birga, Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi agar operativ vaziyat talab etgudek bo‘lsa, harbiy harakatlar Rossiyaning chegaradosh hududlariga ko‘chishi mumkinligini istisno etmagandi.
Mavzuga oid
21:46 / 23.09.2024
Rossiya urush boshlangandan beri 2 mln yosh ishchisidan ayrildi
21:41 / 23.09.2024
Eron prezidenti: Biz Rossiyaning Ukrainaga tajovuzini hech qachon ma’qullamaganmiz
20:58 / 23.09.2024
Zelenskiy AQShda. U avval Baydenga, keyin Harris va Trampga o‘z «tinchlik rejasi»ni taqdim etadi
15:41 / 23.09.2024