Tanishtiruv: Andijon davlat tibbiyot instituti
Respublikamizning yetakchi oliygohlaridan biri bo‘lgan Andijon davlat tibbiyot institutida 9 ming nafardan ziyod talaba ta’lim oladi. Ulkan ilmiy salohiyatga ega mazkur institut dunyoning ko‘plab yetakchi ilmiy markazlari hamda institutlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Institut o‘z klinikasiga ega. Tanishing — Andijon davlat tibbiyot instituti.
- Institutda:
- Davolash;
- Pediatriya;
- Stomatologiya fakultetlari va
- Kasb ta’limi;
- Farmatsiya;
- Sanoat farmatsiyasi;
- Tibbiy profilaktika;
- Xalq tabobati yo‘nalishlari mavjud.
Bu yil qabul kvotalari bakalavriat bo‘yicha 18,3%ga va magistratura bo‘yicha 87%ga ortdi. Shuningdek, bakalavriatni tamomlagan talabalar klinik ordinatura bo‘yicha ham o‘qishlari mumkin. Qolaversa, xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari ham belgilangan bo‘lib, bakalavriat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetiga 15 ta, klinik ordinaturaga Stomatologiya bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining Privoljskiy nomidagi tibbiy tadqiqot universitetiga 4 ta kvotalar ajratilgan. Shuningdek, Stomatologiya bo‘yicha Xitoy davlatining Shangdong birinchi tibbiyot universitetiga 50 ta va magistraturaga, Tibbiy biotexnologiya bo‘yicha Germaniyaning Rostock universitetiga 4 ta kvota ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Andijon davlat tibbiyot institutida abituriyentlar va ularning ota-onalariga ONLAYN ro‘yxatdan o‘tish, qabul jarayoni bo‘yicha qiziqtirgan savollar bo‘yicha javob berish maqsadida “Murojaatlar markazi” (CALL CENTER) tashkil etildi.
Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar, qabul masalalari bo‘yicha har qanday savollaringizni mazkur call sentr raqamlariga yo‘llashingiz mumkin.
Soat 9.00 – 17.00 ga qadar quyidagi raqamlarga:
+998742239451
+998742239462
+998991003638
+998742239453 (magistratura bo‘yicha)
+998742239468 (klinik ordinatura bo‘yicha)
Telegram: https://t.me/adtiuz_rasmiy
Reklama huquqi asosida