O‘zbekiston | 12:17 / 21.07.2022
12745
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yana pasaytirdi

Bugun, 21 iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani belgilash masalasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«Hozirda O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 15 foiz darajasiga tushirishga qaror qildi», — deyiladi Markaziy bank xabarida.

2021 yilning yanvar, mart, aprel, iyun, sentabr, oktyabr va dekabr oylarida Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz – yillik 14 foizda saqlab qolgandi.

Joriy yil 20 yanvarida Markaziy bank ham asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 17 mart kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizga oshirdi. Bundan tashqari, 21 aprelda asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, joriy yilning 9 iyunida Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 16 foiz darajagacha pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2018 yil boshida asosiy stavka 14 foiz darajasida bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilda u 16 foizgacha ko‘tarildi. 2020 yil aprel oyida stavka 15 foizga tushdi. Koronavirus pandemiyasi va og‘ir iqtisodiy vaziyatda ham kurs baribir o‘zgarmadi. 2020 yil oxirida stavka 14 foizga tushirildi.

Mavzuga oid