Qarshi shahrida yashovchi shaxs o‘zining qaynsinglisini oftoba bilan urib o‘ldirdi
Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Qarshi tumanidagi «Kojor» MFYda yashovchi, viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida dispanser hisobida turuvchi shaxs 2022 yil 17 iyul kuni soat 07:15 larda Qarshi shahar «Kamandi» MFYda yashovchi qaynsinglisi R.D.ning yashash xonadoniga yashirincha tarzda kirgan.
So‘ng ayolga «Nega mening oilamga aralashasan?» deb, u bilan o‘zaro janjallashib qolgan. O‘zaro janjal paytida P.M. hovlida turgan oftoba bilan qaynsinglisining boshi orqa tomoniga bir necha marta zarba bergan. Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Avvalroq, Qashqadaryoda mast erkak xotinini urib o‘ldirgandi.
Mavzuga oid
16:36 / 20.12.2024
Qarshida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlangan - ekspertiza
17:32 / 19.12.2024
Qarshidagi fojianing gaz yoki is gazi bilan bog‘liqligi ehtimoldan yiroq - “Hududgazta’minot”
12:07 / 19.12.2024
Qashqadaryoda ota va uning uch farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi
10:18 / 21.07.2024