Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahrida fuqaroga imtiyozli kredit rasmiylaştirib berişni va’da qilib, pul talab qilgan hokim yordamçisi qölga olindi.
Viloyat Içki işlar boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda mansabdor şaxs xizmat xonasida pul mablağini qabul qilayotgan vaqtida, aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Boşqarma xabariga köra, hokim yordamçisi kambağallikni qisqartiriş dasturi doirasida ajratilgan 33 million sömlik imtiyozli kreditni boşqa mahallada yaşovçi fuqaro nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan. Buning evaziga u fuqarodan 200 AQŞ dollari talab qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi uçinçi qismi «v» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov ketmoqda.












