Jahon | 11:12 / 25.07.2022
17773
3 daqiqa o‘qiladi

Yevropa bo‘ylab kuchli yong‘inlar. Fotolar

Yevropada issiq harorat rekordi o‘rnatilganidan bir hafta o‘tib ham qit’aning ko‘plab mamlakatlari kuchli o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashishda davom etmoqda. Bu yili Yevropada yong‘inlar mavsumi odatdagidan ertaroq boshlandi - bunga bahor noodatiy tarzda quruq kechishi sabab bo‘ldi. Mahalliy hukumatlar buni iqlim o‘zgarishlari oqibatlari sifatida ko‘rishmoqda. 

Foto: EPA/Vostock-photo

Minglab akr maydonlar yonib ketgan va butun qit’a bo‘ylab minglab odamlar olov yaqinlashayotgan hududlardagi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Quyida Yevropaning turli nuqtalaridagi holatlarni aks ettiruvchi dramatik tasvirlar.

Ispaniya

Payshanba kuni Kanar orollaridagi Tenerifeda ham yong‘inlar boshlandi. Olov bir necha shahar bo‘ylab tarqalgan, shamol esishi o‘t o‘chirish ishlarini qiyinlashtirmoqda. Tenerife aholisining bir qismi uy jonivorlari bilan xavfsiz hududlarga ko‘chishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Orens, Ispaniya. Foto: EPA/Vostock-photo
Avila, Ispaniya
Foto: Pablo Blazquez Dominguez/Getty Images
Galisiya, Ispaniya
Foto: EPA/Vostock-photo
Samora, Ispaniya
Foto: Zuma/TASS
Tenerife, Ispaniya. Foto: Getty Images
Ispaniyaning San-Sibrao tumanida yong‘in oqibatlari. Foto: EPA/Vostock-photo
Barselona
Foto: EPA/Vostock-photo

Portugaliya

Bayao, Portugaliya
Foto: EPA/Vostock-photo
Pombal, Portugaliya
Foto: Octavio Passos/Getty Images

Fransiya

Qutqaruvchilar guruhining kunlar mobaynidagi sa’y-harakatlari tufayli Jironda departamenti janubi-g‘arbidagi ikkita yirik yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etishning uddasidan chiqilgan. Olov o‘z ortidan minglab gektarlarda vayrongarchiliklar qoldirgan.

Landira, Fransiya
Foto: EPA/Vostock-photo
La-Test-de-Byush, Fransiya
Foto: Jerome Gilles/NurPhoto via Getty Images

Italiya

Ruka, Italiya
Foto: Luka Dakskobler/SOPA Images/LightRocket via Getty Images

Sloveniya

Payshanba va juma kunlari mamlakat g‘arbida, Italiya bilan chegaradosh hududlarda o‘rmon yong‘inlari kuchaydi. Krasa tumanidagi bir necha qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan, minglab o‘t o‘chiruvchilar olovga qarshi kurashga jalb etilgan, o‘rmonchilar esa olov yo‘lini to‘sish uchun daraxtlarni kesishmoqda.

Gretsiya

Lesbos orolining turistik rayonidan sayyohlar va mahalliy aholini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. O‘rmon yong‘inlari aholi yashash uylarigacha yetib kelgan, plyaj kurortidagi obektlarga ham o‘t ketgan.

Megara, Gretsiya
Foto: AR/TASS
Afina, Gretsiya
Foto: AR/TASS

 

Mavzuga oid