Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jazirama havo shaharliklarning kundalik hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Foto: AA
Turkiyaning Shonliurfa shahridagi Otaturk xiyoboniga o‘rnatilgan termometr ko‘rsatkichi 55 darajani tashkil etdi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar berdi.
Jamoat transporti bekatlaridan birida yo‘lovchilar salqinlab olishlari uchun ularga sovuq suv sepish yo‘lga qo‘yildi.
Anomal issiq sharoitida shahar ko‘chalari bo‘shab qoldi – aholi faolligi keskin pasaydi.
Hokimiyat surunkali kasalligi bor insonlar, keksalar va bolalarga soat 11.00dan 16.00gacha ko‘chaga chiqmaslikni hamda issiqdan saqlanish uchun ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026