Özbekiston böylab hafta davomida juda issiq havo saqlanib qoladi. Harorat +40…+43 darajagaça, janubda esa +45 darajagaça kötarilişi mumkin. Soğliqni saqlaş vazirligi şu munosabat bilan quyoş nuri ta’siri, jumladan, allergik reaksiyalardan ogohlantirdi.

Qayd etilişiça, yuqori darajadagi ultrabinafşa nurlari allergik reaksiyalarni keltirib çiqarişi bilan xavfli. Bunday şaroitda terining quyoş nuriga ta’sirçanligi oşadi.

Şu tufayli fotodermatoz kasalligi yuzaga kelişi mumkin. Ya’ni ultrabinafşa nurlaniş teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan özaro ta’sirga kirişib, allergik reaksiya paydo qilişi ehtimoli yuqori.

Fotodermatoz kökrakning yuqori qismi, böyin, qöl sohalarida pufakça, qavariq, qizil doğ, kuyiş körinişidagi turli toşmalar, ba’zan terining qipiqlanişi, qiçişişi va şişlar yuzaga kelişi bilan namoyon böladi.

Toşmalar quyoş nuri ta’sir qila boşlagan ilk soatlardan to bir hafta mobaynida hosil böladi, deya qayd etdi vazirlik. Bu xastalik alomatlari, odatda, muolajalardan söng yöqoladi. Biroq u surunkali tus olişi ham mumkin.

Şunday muammolardan saqlaniş uçun, avvalo, soat 10:00 dan 16:00 gaça soya-salqin joylarda böliş tavsiya etiladi. Imkon qadar yopiqroq kiyiniş zarur. Ta’sirçan teri uçun möljallangan quyoş nuriga qarşi kremlardan foydalaniş maqsadga muvofiq.

Ta’kidlanişiça, ba’zi dorilar fotodermatozni keltirib çiqarişi yoki xastalikni kuçaytirişi mumkin. Şu bois preparatni qöllaşdan oldin körsatmalarni diqqat bilan öqiş yoki şifokor bilan maslahatlaşiş kerak.

Şuningdek, Eritromitsin, Tetrasiklin va Streptomitsin kabi dorilar ultrafinafşa nurlarini tortiş xususiyatiga ega. Uşbu malhamlarni qabul qilgan yoki yuz sohalariga surtgan bemorlarga issiq kunlarda kunduzi köçaga çiqişi tavsiya etilmaydi.

«Agar sizda fotodermatoz belgilari paydo bölsa, Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning hududiy filiallariga murojaat qilişingiz mumkin», – deyiladi SSV xabarida.