Jamiyat | 17:57 / 27.07.2022
12692
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida «valyutchik»lar ushlandi

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan, Chirchiq shahar dehqon bozori atrofida valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs 3,5 ming dollarni 38,8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 8 735 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs 3 ming dollarni 33,4 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXX Toyloq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.M. 3 ming dollarni 33 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid