Özbekiston hududida çet el valutasi bilan oldi-sotdi qiliş huquqi faqatgina Özbekiston Respublikasi banklariga berilgan. Mazkur norma bugun Senat tasdiğidan ötgan yangi tahrirdagi «Valutani tartibga soliş töğrisida»gi qonunning 19-moddasida belgilab qöyilgan.
Qonun yuzasidan muhokamalarda senator Gulçehra Rixsiyeva yuqoridagi modda yuzasidan Markaziy bank rahbariyatiga savol bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Köplab davlatlarda valuta oldi-sotdisini [banklardan taşqari] xususiy ayirboşlaş şoxobçalari ham amalga oşiradi. Bizda esa ayrim fuqarolar bu faoliyat bilan şuğullanib, javobgar bölib qolişi holatlari ham kuzatiladi. Mana şu faoliyatni ham qonuniylaştiriş vaqti yetmadimikan?
Fuqarolar soliq tölab, tegişli ruxsatni olgan holda xususiy ayirboşlaş şoxobçalarida valuta oldi-sotdisi bilan şuğullanişlari masalasiga qanday qaraysiz? Yoki bunday faoliyat turi hozirgaça yöqligiga qandaydir boşqa sabablar bormi?» – deb savol bilan yuzlandi Toşkent davlat şarqşunoslik instituti rektori.
Savolga Markaziy bank raisi örinbosari Bobur Abubakirov javob berdi.

«Qonunimizni işlab çiqiş jarayonida boşidan bu masala juda ham köplab marta kötarilgan. Bu böyiça Markaziy bank tomonidan alohida xorijiy tajriba örganildi.
Xorijiy tajribaga köra, ayrim davlatlar, misol uçun Rossiya Federatsiyasi va qöşni Tojikistonda mazkur amaliyot joriy qilingan edi. Va bu amaliyot özini oqlamagan. Ya'ni xususiy sektorga valuta ayirboşlaş operatsiyalari böyiça huquq berilişi ular tomonidan mazkur vakolatning suiiste'mol qilinişiga olib kelgan. Jumladan, qalbaki valuta sotilişi, noreal kurslar qöyilişi, asoslanmagan holda noreal katta miqdorda komissiya tölovlari undirilişi kuzatilgan va albatta, oxiriga kelib bundan aholi aziyat çekkan.
Bundan taşqari, mazkur amaliyotning tijorat banklari orqali amalga oşirilişing asosiy sabablaridan biri – jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşişdir. Hozirgi kunda xalqaro tajribaga asoslangan holda valuta oldi-sotdi amaliyotlari faqatgina tijorat banklari orqali amalga oşirilişi maqsadga muvofiq, deb topilgan», – deya Bobur Abubakirovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.













