Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobuslarda konditsioner ishlatilmayotgani haqidagi xabar rad etildi
271 ta avtobus va elektrobus salonni sovitish tizimi bilan jihozlangani ma’lum qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobuslar konditsionerni ishlatmayotgani haqida post joylashtirildi. «Toshshahartransxizmat» holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Bildirilishicha, hozirgi kunda jamiyat tasarrufidagi avtobus va elektrobuslardan 271 tasi salonni sovitish tizimi bilan jihozlangan. Ularning iqlim nazorati tizimlari va havoni tozalab beruvchi filtrlari talab darajasida ishlashi doimiy nazoratdan o‘tkazilmoqda.
“Shu kunlarda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havoda saloni sovitish tizimi bilan jihozlanmagan avtobuslarda harakatlanayotgan yo‘lovchilar orasida suvsizlanish va hushdan ketish kabi ko‘ngilsiz holatlar oldini olish maqsadida yo‘lovchilarga bepul mineral suvlar tarqatilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
Qayd etilishicha, barcha avtobus saroylari rahbarlariga yo‘nalish vaqtida haydovchilar avtobus va elektrobuslarda mavjud salonni sovitish tizimi (konditsioner)ni yoqib olgan holda harakatlanishni hamda salonni sovitish tizimida texnik nosozliklar uchragan vaqtda darhol uni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari yuzasidan maxsus ko‘rsatmalar berilgan.
Prezidentning «Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan xarid qilinayotgan harakat tarkibi (avtobus va elektrobuslar) salonni sovitish tizimi bilan to‘liq jihozlangani aytiladi.
Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda «Toshshahartransxizmat»ning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali murojaat qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
18:30 / 13.05.2026