O‘zbekiston | 08:39 / 28.07.2022
9335
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi

Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan joyidan Gagarin haykaligacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Foto: Toshkent shahar transport boshqarmasi

Toshkent shahar transport boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu yerda yo‘l qurilishi ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, yo‘l ta’mirlash-qurilish ishlari 2022 yil 28 iyuldan boshlanadi.

Bu davrda haydovchilar Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid