O‘zbekiston | 11:41 / 04.08.2022
7572
1 daqiqa o‘qiladi

Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi transport harakati uchun qisman yopiladi

Ahmad Donish ko‘chasida yangi yerusti piyodalar o‘tish yo‘li qurilmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Joriy yil 4 avgustda kun davomida Ahmad Donish ko‘chasining Bog‘iravon 2-tor ko‘chasi bilan kesishmasidan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasigacha bo‘lgan qismi (yo‘lning ikki qatori) transport vositalari harakati uchun qisman yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Ahmad Donish ko‘chasida yangi yerusti piyodalar o‘tish yo‘li qurilmoqda.

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid