O‘zbekiston | 17:25 / 04.08.2022
11728
2 daqiqa o‘qiladi

Yil yakuniga qadar 5 ming nafar davlat xizmatchisi o‘qitiladi

Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

“Hozirgi tez o‘zgarayotgan dunyoda har kuni yangi muammolar va masalalar kelib chiqmoqda. Shunday ekan, har bir mutaxassis o‘z ustida ishlab, yangi bilimlarni egallab borishi kerak”, dedi prezident.

Shu paytgacha davlat xizmatchilari atigi 20 foizi malaka oshirgan, bu – rahbarlar kesimida 1 foizga, o‘rinbosarlar bo‘yicha esa 5 foizga ham yetmagani ko‘rsatib o‘tildi. Malaka oshirganlar 50 foizdan ortig‘i o‘qitish sifatidan norozi.

Bu borada tayanch muassasa bo‘lgan Davlat boshqaruvi akademiyasi eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformatsiya qilinadi. Yig‘ilishda prezident maslahatchisi Suma Chakrabarti videoaloqa orqali bu boradagi takliflarini bayon qildi. Mutasaddilarga bir oy muddatda:

  • xorijiy hamkorlar va nufuzli o‘quv markazlari bilan birga qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va yil yakuniga qadar 5 ming nafar davlat xizmatchisini o‘qitish topshirildi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda vazirliklar tizimidagi 110 ta malaka oshirish markazi faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, o‘qitish dasturlari va metodikalarini yangilash, malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid