Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 avgust kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 18 avgust, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:56 / 23.01.2026
Hafta oxirida havo biroz ilishi kutilmoqda
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18 / 23.01.2026
Toshkentda qor tozalash ishlariga 230 ta maxsus texnika va 1 mingdan ortiq xodim jalb etildi
10:20 / 22.01.2026