6–7 iyun kunlari respublikaning katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Juma kuni kunduzi Toşkent, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati +28…+33 daraja atrofida, janubda +34…+36 darajagaça böladi.

Şanba kuni faqat Farğona vodiysi viloyatlari va yakşanbada Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati uşbu kunlarda asta-sekinlik bilan kötarilib, yakşanba kuni kunduzi +34…+37 darajagaça yetadi.

Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Respublika şimolida 7 iyun kuni 20–22 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Toğoldi va toğli hududlarda 5–7 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Toşkent şahrida jumaning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat +30…+32 daraja böladi. Şanba va yakşanba kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduz kuniga harorat şanba kuni +30…+32 daraja, yakşanba kuni +34…+36 daraja böladi.

Şamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 metr/soniyagaça kuçayadi, şaharning ayrim joylarida çang-tözonlar bilan kuzatiladi.