Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyalik deputatlar O‘zbekistonni o‘z mamlakatida elchixona ochishga chaqirdi
O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Brazilia shahriga tashrifi davomida Braziliya parlamenti quyi palatasi deputatlari Sorayya Santos, Luiza Kansiani, Pedro Vilela va Rubens Buenolar bilan alohida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tashqi ishlar va mudofaa qo‘mitasi prezidenti Pedro Vilela O‘zbekistonni Braziliyada elchixona ochishga va o‘zaro diplomatiya aloqalari ko‘lamlarini yanada kengaytirishga chaqirdi.
O‘z navbatida, Rubens Bueno Janubiy Amerika eng yirik mamlakati Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatiga urg‘u berdi. Uning fikricha, tomonlar soya yetishtirish, go‘sht eksporti, paxtani qayta ishlash hamda ishlab chiqarish, turizm, havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda aniq maqsadli muzokaralar olib borishi lozim.
Mamlakatning AQShdagi elchixonasi tomonidan ma’lum qilinishicha, deputatlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida videoaloqa tarzida tanishuv uchrashuvini o‘tkazish va o‘zaro aloqalarni har tomonlama rivojlantirishni muhokama qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
08:41
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
15:48 / 14.05.2026
O‘zbekistonliklar Yaponiyaga vizani qanday olishi mumkin?
21:17 / 12.05.2026