Özbekistonliklar Yaponiyaga vizani qanday olişi mumkin?
|20:48 / 14.05.202612 91711 min
Özbekiston fuqarolariga Yaponiya vizasi bepul rasmiylaştiriladi - konsullik yiğimi olinmaydi. Hujjatlar Yaponiyaning Toşkentdagi elçixonasida oldindan onlayn navbat orqali qabul qilinadi. Quyida turistik viza uçun qanday hujjatlar kerakligi, anketani qanday töldiriş va rad javobiga nima sabab bölişi mumkinligi haqida söz yuritamiz.
Yaponiyaga qanday vizalar beriladi?
Yaponiya qisqa muddatli va uzoq muddatli vizalar beradi: turizm, qarindoşlarni yöqlaş, xizmat safari, öqiş va işlaş uçun.
Özbekistondan safarlar uçun köpinça qisqa muddatli turistik viza rasmiylaştiriladi. U sayohat, döstlar va qarindoşlarni yöqlaş hamda qisqa şaxsiy safarlar uçun mos keladi.
Turistik viza bir martalik yoki köp martalik bölişi mumkin.
Bir martalik viza Yaponiyaga bir marta boriş imkonini beradi. Odatda u ilk safar uçun beriladi.
Köp martalik viza Yaponiyaga uning amal qiliş muddati davomida bir neça marta boriş imkonini beradi. Köpinça bunday vizani yaxşi viza tarixi, barqaror daromadga ega bölgan yoki Yaponiyaga ilgari ham köp borgan arizaçilar oladi.
Yaponiyaga bir martalik viza
Viza turi, amal qiliş muddati va ruxsat etilgan böliş vaqti böyiça yakuniy qaror hujjatlar körib çiqilgandan keyin konsullik tomonidan qabul qilinadi.
Vizani onlayn oliş mumkinmi?
Özbekiston fuqarolari uçun elektron viza mavjud emas. Hujjatlarni onlayn tarzda topşirib bölmaydi — ariza faqat qoğoz körinişida Yaponiyaning Toşkentdagi elçixonasi orqali qabul qilinadi. Şu bilan birga, hujjat topşiriş uçun navbat elçixonaning onlayn-tizimi orqali rasmiylaştiriladi.
Yaponiyaning Toşkentdagi elçixonasida kimlar hujjat topşirişi mumkin?
Toşkentda hujjat topşirişi mumkin:
Özbekiston fuqarolari;
Özbekistonda qonuniy ravişda uzoq muddatdan beri yaşab kelayotgan xorijliklar.
Mavzuga oid
Çet el fuqarolariga mamlakatda uzoq muddat yaşaşini tasdiqlovçi hujjatlar kerak böladi. Masalan, yaşaş guvohnomasi yoki uzoq muddatli viza.
Turistik viza oliş uçun qanday hujjatlar kerak?
Yaponiya elçixonasi hujjatlarni faqat qoğoz körinişida qabul qiladi.
bron qilingan mehmonxona yoki qabul qiluvçi tomon ma’lumotlari.
Safar dasturida odatda safar sanasi, şaharlar, mehmonxonalar va kunlar böyiça marşrut rejasi körsatiladi.
Yaponiyada böliş dasturi
Agar safar xarajatini boşqa şaxs tölasa, qöşimça ravişda uning hujjatlari va qarindoşlikni tasdiqlovçi ma’lumotlar kerak böladi. Elçixona qabul qilingan hujjatlar va ma’lumotnomalar qaytarilmasligi haqida ogohlantiradi.
Barça hujjatlar A4 formatda tayyorlanişi kerak. Elçixona şuningdek, qoğozlarni stepler yoki qisqiç bilan tikib qöymaslikni söraydi.
Safar uçun qança mablağ borligini tasdiqlaş kerak?
Elçixona minimal summa aytmaydi, şuning uçun odatda safar davomiyligi va xarajatlarga qarab hisob-kitob qilinadi. Lekin ariza beruvçilar uçun yöriqnomada körsatilişiça, Yaponiya böylab safar uçun çet el fuqarolariga yaşaş xarajatlarini hisobga olmagan holda kuniga 100–150 dollar atrofida pul kerak böladi.
Moliyaviy holatni tasdiqlaş uçun elçixona quyidagilarni taqdim etişni söraydi:
iş joyidan ma’lumotnoma;
oxirgi uç oy davomidagi mablağlar harakati töğrisida köçirma
Bankdan köçirma
Iş joyidan ma’lumotnoma
Konsullik şuningdek iş joyidan lavozim, iş staji va maoş körsatilgan ma’lumotnoma yoki my.gov.uz dan soliq hujjatlarini talab qilişi mumkin. Iş joyidan ma’lumotnomani şaxsiy kabinet orqali oliş mumkin.
Iş joyidan lavozimi körsatilgan ma’lumotnoma oliş
Viza uçun anketa qanday töldiriladi?
Yaponiyaga viza uçun anketa ingliz tilida töldiriladi. Anketada şaxsiy ma’lumotlar, sayohat marşruti, iş joyi va Yaponiyada yaşaş joyi haqidagi ma’lumotlar körsatiladi. Ismning turliça yozilişi, xatolar yoki böş qoldirilgan maydonlar arizani körib çiqiş jarayonini keçiktirişi mumkin.
Anketaning birinçi qismida quyidagilar körsatiladi:
«Other names» bölimida agar avvalgi familiyalar yoki boşqa ismlar bölsa körsatiladi. Agar bunday ma’lumot bölmasa, maydon böş qoldiriladi.
Safar haqidagi bölimda taşrif maqsadi, kiriş sanasi, rejalaştirilgan böliş muddati, uçib keliş aeroporti, aviakompaniya va mehmonxona yoki qabul qiluvçi tomon manzili körsatiladi.
Agar marşrut bir neçta şaharni qamrab olsa, kunlar böyiça alohida sayohat rejasini ilova qilgan ma’qul. Yaponiya konsulligi marşrutning haqiqiyligiga e’tibor qaratadi.
Yaponiyadagi kafil haqidagi bölim har doim ham töldirilmaydi. Agar safar turistik bölsa va mehmonxona bron qilingan bölsa, bu maydon odatda böş qoldiriladi. Agar xususiy şaxs yoki kompaniya taklif qilsa, taklif qiluvçi tomonning ismi, manzili, telefoni, yaşaş holati va iş joyi körsatiladi.
Anketa oxirida sudlanganlik, deportatsiya va viza qoidalarini buziş haqida savollar böladi. Ularga «Yes» yoki «No» deb javob beriladi. Agar ariza beruvçi «Ha» deb javob bersa, holatni alohida tuşuntiriş kerak. Köp uçraydigan xato — bu maydonlarni böş qoldiriş.
Anketaga oç fondagi 45×35 mm ölçamdagi rangli fotosurat yopiştiriladi. Foto yangi bölişi, közoynak va boş kiyimsiz bölişi kerak.
Ariza beruvçi anketani ikkinçi sahifaning pastki qismida imzolaydi. Imzo xorijiy pasportdagi imzo bilan mos bölişi kerak. Imzosiz hujjatlar qabul qilinmaydi.
Hujjatlar qanday topşiriladi?
Viza uçun hujjatlar Yaponiyaning Toşkentdagi elçixonasiga şaxsan yoki işonçnoma berilgan vakil orqali topşiriladi.
Elçixona konsullik bölimiga onlayn-röyxatga oliş tizimidan foydalanadi. Röyxatga oliş taxminan bir hafta oldin oçiladi. Agar qabul kuni anketada xatolar bölsa yoki hujjatlar töplami töliq bölmasa, ariza qabul qilinmaydi — qaytadan röyxatdan ötişga töğri keladi.
Viza uçun hujjatlar iş kunlari 9:30 dan 12:30 gaça qabul qilinadi.
Agar onlayn röyxatga oliş mavjud bölmasa, hujjatlar navbat tartibida qabul qilinadi. Bu holda ariza beruvçi barça hujjatlar bilan elçixonaga kelib, arizaçilar röyxatiga pasport raqamini kiritadi.
Hujjatlar tekşirilgandan keyin konsullik xodimlari ariza qabul qilingani haqida kvitansiya beradi. Bu kvitansiyasiz ariza qabul qilingan hisoblanmaydi. U şuningdek viza körib çiqilgandan keyin pasportni oliş uçun ham kerak böladi.
Pasportlar iş kunlari 14:30 dan 17:00 gaça beriladi.
Hozirda elçixona kuniga 20tadan ortiq bölmagan arizaçini qabul qiladi.
Turistik kompaniyalar bir firmadan kuniga köpi bilan beşta ariza berişi mumkin.
Elçixona majburiy tibbiy suğurta talab qilmaydi, ammo suğurta polisi hujjatlar töplamini kuçaytirişi mumkin — ayniqsa safar uzoq davom etadigan yoki Yaponiya böylab içki aviaqatnovlarni öz içiga olsa.
Yaponiyaga viza narxi qança?
Özbekiston fuqarolari uçun Yaponiya vizasi bepul rasmiylaştiriladi — konsullik yiğimi undirilmaydi.
Agar hujjatlar turistik kompaniya orqali topşirilsa, faqat vositaçi xizmatlari uçun pul tölanadi. Narx agentlikka boğliq bölib, odatda hujjatlarni tekşiriş va ariza topşirişda yordam beriş xizmatlarini öz içiga oladi.
Ariza qança muddatda körib çiqiladi?
Arizani körib çiqişning standart muddati — hujjatlar qabul qilinganidan keyin 10 iş kuni.
Biroq agar konsullik qöşimça hujjatlar sörasa, ariza beruvçini suhbatga çaqirsa yoki safar hamda moliyaviy holatni qöşimça tekşirişni boşlasa, tekşiruv bir neça hafta yoki hatto oylarga çözilişi mumkin.
Ta’til mavsumida arizalar soni köpayişi sababli muddat yanada uzayişi ehtimoli bor.
Nima uçun Yaponiya elçixonasi viza uçun hujjatlarni qabul qilmasligi mumkin?
Ba’zan Yaponiya elçixonasi arizani hujjatlarni körib çiqişdan oldin ham qabul qilmasligi mumkin. Bu ariza röyxatga olinmaydi va qabul qilingani haqida kvitansiya berilmaydi degani. Bunday holatda xatolarni töğrilab, hujjatlarni qayta topşiriş kerak böladi.
Köpinça hujjatlar töliq bölmagani, anketada xatolar borligi yoki topşiriş qoidalari buzilgani sababli qabul qilinmaydi.
1. Hujjatlarning töliq emasligi
Agar ariza beruvçi röyxatdagi barça hujjatlarni olib kelmasa, ariza qabul qilinmaydi. Elçixona hujjatlar töplami topşiriş kunida töliq bölişi şartligini alohida ta’kidlaydi.
Masalan, köp hollarda quyidagilar yetişmaydi:
böliş dasturi;
bankdan köçirma;
iş joyidan ma’lumotnoma yoki daromadlarni tasdiqlovçi hujjat;
pasport birinçi sahifasi nusxasi;
yaşaş joyini tasdiqlovçi hujjat.
2. Anketadagi xatolar
Kiçik xato ham hujjatlarni qabul qilmaslikka sabab bölişi mumkin. Köpinça anketalar quyidagi holatlarda qaytariladi:
maydonlar töldirilmagan;
safar muddati safar dasturiga mos emas;
mehmonxona manzili yoki aloqa ma’lumotlari notöğri körsatilgan;
Agar hujjatlarni boşqa şaxs topşirayotgan bölsa, ariza beruvçining imzosi qöyilgan işonçnoma kerak böladi. Işonçnomaning asl nusxasisiz ariza qabul qilinmaydi.
4. Pasport bilan boğliq muammolar
Elçixona quyidagi holatlarda hujjatlarni qabul qilmaydi:
pasportda viza uçun toza sahifalar yöq bölsa;
pasport şikastlangan bölsa;
pasportning amal qiliş muddati juda qisqa (qoida holatga qarab özgaradi, lekin amalda elçixona safarning butun davri uçun amal qiladigan pasportni talab qilişi mumkin).
5. Rad javobidan keyin belgilangan muddat tugamasdan arizani qayta topşiriş
Agar avalgi ariza rad etilgan bölsa, belgilangan muddat ötmagunça qayta topşirilgan ariza qabul qilinmasligi mumkin.
6. Yaşaş joyiga mos bölmagan holda hujjat topşiriş
Toşkentda hujjat topşirişi mumkin:
Özbekiston fuqarolari;
Özbekistonda qonuniy ravişda uzoq muddatdan beri yaşab kelayotgan xorijliklar.
Boşqa mamlakatda yaşaydigan yoki Özbekistonda ançadan beri yaşayotganini tasdiqlay olmagan şaxsning arizasi qabul qilinmaydi.
7. Ariza boşqa konsullikda körib çiqilmoqda
Agar hujjatlar Yaponiyaning boşqa konsulligiga topşirilgan bölsa, Toşkentda qayta topşirilgan ariza körib çiqiş yakunlanmagunça rad etilişi mumkin.
8. Navbat yoki röyxatga yoziliş qoidasining buzilişi
Elçixona yöriqnomasiga köra, quyidagi hollarda hujjatlar qabul qilinmasligi mumkin:
arizaçi raqamli talonni yöqotib qöysa;
talonni boşqa odamga bergan bölsa;
kirişda taribni buzsa;
çaqiruvni ötkazib yuborsa va vaqtida kelmasa.
Qaçon qayta hujjat topşiriş mumkin?
Agar viza beriş rad etilgan bölsa, arizaçi faqat 6 oydan keyin öşa safar maqsadi uçun hujjatlarni qayta topşirişi mumkin.
Agar vaziyat jiddiy özgargan yoki safar gumanitar sabablarga boğliq bölsa, istisno qöllanilişi mumkin.