UzAuto Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mitaning 6-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamraisligida va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining siyosiy byurosi a’zosi Guo Shengkun qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida bir qator muhim hujjatlarni imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Xususan, UzAuto hukumatlararo tadbir doirasida “Toshkent Agro Traktor” MChJ (TAT) vakili sifatida Xitoyning Changzhou Dongfeng Agricultural Machinery Group Co. Ltd (Dongfeng) kompaniyasi bilan korxona mahsuloti, ehtiyot qismlari va butlovchi qismlarini yetkazib berish, shuningdek, O‘zbekistonda DF903H uch g‘ildirakli traktorlarni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish uchun shartnoma imzoladi.
Shartnoma doirasida Dongfeng kompaniyasi "Toshkent Agro Traktor" brendi ostida o‘z mahsuloti, ehtiyot qismlari va butlovchi qismlarni sotish va eksport qilish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarni TATga o‘tkazadi. Shuningdek, Xitoy kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston hududida kafolat va servis xizmatini tashkil etishda ko‘maklashish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hamkorlikning keyingi bosqichi Dongfeng mahsulotlarini mahalliylashtirishni o‘z ichiga oladi.
Changzhou Dongfeng Agricultural Machinery Group Co. Ltd Xitoyning qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya traktorlar, dizel dvigatellari, kultivatorlar, kombaynlar va tegishli detallarni tadqiq qilish, loyihalash, qayta ishlash, ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan. Changzhou Dongfeng brendi ostidagi qishloq xo‘jaligi texnikalari butun dunyoda sotiladi.
Reklama
Mavzuga oid
15:08 / 13.07.2023
UzAuto Motorsʼning Asakadagi zavodi qachon ishga tushirilishi ma’lum qilindi
15:58 / 24.03.2023
“UzAuto”: Bozor sharoitida daromadli ishlab chiqarish
18:55 / 22.03.2023
UzAuto: Nurafshonda Navro‘z sayli! Yangilanish, mehr-oqibat ayyomi xalqimizni birlashtiradi
17:00 / 02.03.2023