Navröz gözal şukuhi, sof nafasi, soğintirib kelişi bilan özgaça. Har gal göyo yangitdan kaşf etilgandek. Bahor fasli va tabiat uyğonişining timsoli, yaşariş va yangilaniş ramzi bölmiş bu ayyomni orziqib kutiş, baland ruh va katta xursandçilik bilan nişonlaş el-yurtimiz uçun oliyjanob an’anaga aylanib qolgan. UzAuto homiyligida Toşkent viloyati Nurafşon şahrida nişonlangan tarixi neça ming yillik ötmişga borib taqaluvçi Navröz şodiyonasida ana şu milliy urf-odatlar qayta tiklangandek böldi. 

Navröz tantanasi birdamlik va rizq-röz bayrami. Nurafşon şahrida joylaşgan «Nurafşon avto centre» dilerlik markazi yoş-u katta, bolalar öyin-kulgisi, quvonçi va zavqi bilan har galgidan-da gavjum. Şodiyona munosabati bilan mazkur hududda istiqomat qiluvçi kam ta’minlangan, nogironligi bölgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 100ga yaqin oilalar uçun tantanali tadbir taşkil etildi. Bularning hammasi aholini yanada jipslaştiriş, bir-birlariga nisbatan mehr va muruvvatni yanada mustahkamlaş yölidagi xayrli taşabbusdir.

Tadbirni UzAuto boşqaruv raisi Şavkat Umrzoqov va Nurafşon şahar hokimi Muzaffar Saliyev oçib berib, barçani yaşariş va yangilaniş va ezgu niyatlar ayyomi Navrözi olam bilan samimiy tabrikladilar.

 “Navröz - xalqimiz ma’naviyatining ajralmas qismi sanaladi. Şu bois ham nafosat timsoli bölgan uşbu bayramni barçamiz orziqib kutamiz. Davlatimiz rahbari bu bayramni özgaça ruhda ötkaziş maqsadida qabul qilgan qarorlari xalqimizning ezgu va gözal qadriyatlarini, uning oliyjanob orzu-intilişlarini özida mujassam etadi. Sizlarni uşbu bayram bilan samimiy muborakbod etaman. Mana şu qutluğ kunda sizlarga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinçlik-xotirjamlik, baxt-u saodat tilaymiz. Navrözi olam yurtimizga tinçlik-omonlik, farovonlik va qut-baraka olib kelsin", — deydi Şavkat Umrzoqov.

Neça yuz yillik an’ana va qadriyatlarimiz, milliy kuy-qöşiqlarimiz, turli öyinlar-u tomoşalar ayni bahor tarovati bilan yanada jozibali. Xonandalar tomonidan ijro etilgan bahor, yoşlik va Navrözni madh etuvçi kuy-qöşiq va raqslar yiğilganlar qalbini ham bahor osmoniday beğubor quvonçlarga töldirdi. Şou dasturlar barçaga çinakam bayramona kayfiyat ulaşdi. Har bir namoyişda yurtimizga öz husni tarovatini köz-köz etib kelgan bahor nafasini tuyiş mumkin.