Sport | 12:31 / 22.08.2022
15817
4 daqiqa o‘qiladi

DXX Kubogiga qur’a tashlandi

DXX tashabbusi bilan 2021 yilda ilk bor respublikaning barcha tuman, shahar va viloyatlari kesimida uyushmagan, ishsiz hamda kam ta’minlangan yoshlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha DXX Raisi kubogi musobaqalari tashkil etilgandi. Unda 7779 ta jamoa kubok uchun kurashgandi. 2022 yilda esa turnirga katta futbol ham qo‘shildi va ishtirokchi jamoalar soni 18629taga yetdi (mini-futbol – 9348ta va futbol 9281ta). Jami 241976 nafar yoshlar qamrab olindi.

Musobaqaning tuman va viloyat bosqichlari yakunlanib, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatning g‘olib jamoalari final bosqichiga yo‘l olgan. 21 avgust kuni «Bunyodkor» stadionida turnirning hal qiluvchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz

Futbol bo‘yicha final bosqichi qur’asi

A guruhi

  • Paxta (Toshkent shahri)
  • Yuksalish (Farg‘ona)
  • Do‘stlik (Toshkent viloyati)
  • Shodxurram (Xorazm)

V guruhi

  • Keskanyor (Namangan)
  • Turon (Jizzax)
  • Tasmachi (Navoiy)

S guruhi

  • Beshterak (Qashqadaryo)
  • Poloson (Andijon)
  • Elabad (Qoraqalpog‘iston)

D guruhi

  • Bog‘iston (Sirdaryo)
  • Changal 1 (Samarqand)
  • Anorzor (Surxondaryo)
  • Nurobod (Buxoro)

Mini-futbol bo‘yicha final bosqichi qur’asi

A guruhi

  • Ullubog‘ (Qoraqalpog‘iston)
  • Changaron (Buxoro)
  • Oq ko‘l (Xorazm)
  • Ko‘l (Andijon)

V guruhi

  • Kattaqishloq (Jizzax)
  • Bog‘bonlar yurti (Surxondaryo)
  • Jaloyir (Navoiy)

S guruhi

  • Yangiobod (Sirdaryo)
  • Samarqand (Qashqadaryo)
  • Paxta (Toshkent shahri)

D guruhi

  • Soy guzar (Samarqand)
  • Uvak (Toshkent viloyati)
  • Oqtepa (Farg‘ona)
  • Toshqo‘rg‘on (Namangan)

Qur’adan so‘ng O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov musobaqa haqida o‘z fikrlarini bildirdi: «Tuman va viloyat bosqichi yakunlanib, uzoq kutilgan Respublika bosqichiga ham yetib keldik. Endi turli viloyatlardan kelgan mahalla yoshlari 1-o‘rin uchun bellashishadi.

Foto: Tribuna.uz

Raqamlarga to‘xtalsam, musobaqa 300 mingga yaqin yoshlarni qamrab oldi. Eng quvonarlisi, 800ga yaqin havaskor futbolchilar seleksiya bo‘lib, professional jamoalarga qabul qilindi».

Ma’lumot uchun, final bosqichi 22-26 avgust kunlari «Bunyodkor» akademiyasiga qarashli sun’iy qoplamali maydonlarda bo‘lib o‘tadi, futbol finali «Jar» stadionida o‘tkaziladi.

Respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarning (1,2,3 va 4-o‘rinlar) bir haftaga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Shafran» tog‘-kurort kompleksida dam olishi tashkil etiladi.

Futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘oliblar mahallasiga mini-futbol maydonlari, 2-o‘ringa universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3 va 4-o‘rinlarni egallagan jamoalar mahallasiga «Stritbol» (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydonlari qurib beriladi.

Muxbir — A’zamjon Izzatillayev,

Tasvirchi montaj ustasi — Javohir G‘ayratov

Mavzuga oid