Tadbirda DXX Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, hokimlik tizimidagi qator boshqarma mutasaddilari, tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston professional futbol ligasi va OAV vakillari ishtirok etishdi.

2023 yilning aprel-may oylarida o‘tkazilgan musobaqaning birinchi bosqichi poytaxtning barcha tumanlarida o‘tkazildi. Ularda jami 577ta mahalla jamoalari,  ya’ni 15242 nafar yoshlar (ulardan   480 nafari qizlar) ishtirok etdi.

Tuman bosqichida g‘olib bo‘lib, shahar bosqichiga yo‘l olgan jamoalar qur’ada o‘z raqiblarini bilib olishdi: 

Futbol

Mirzo Ulug‘bek
Mirzo Ulug‘bek — Yakkasaroy
Mirobod — Yashnobod
Shayxontohur — Sergeli
Olmazor — Uchtepa
Bektemir — Chilonzor
Yangihayot — Yunusobod

Mini-futbol

Yangihayot — Olmazor
Yakkasaroy — Bektemir
Uchtepa — Sergeli
Yunusobod — Yashnobod
Chilonzor — Mirzo Ulug‘bek
Shayxontohur — Mirobod

Mini-futbol (qizlar)

Chilonzor — Olmazor
Uchtepa — Yunusobod
Shayxontohur — Yakkasaroy