Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Buyuk ipak yo‘li» metro bekatiga issiqlik quvurlaridan suv sizib chiqdi
Ayni kunlarda «Toshissiqquvvati» DUK tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
«Buyuk ipak yo‘li» metro bekati yuqori qismidan o‘tgan issiqlik quvurlariga sinov tariqasida suv yuborilgan.
«Toshkent metropoliteni» DUK xabariga ko‘ra, buning oqibatida diametri 400 millimetrlik bo‘lgan quvur ishdan chiqib, «Buyuk ipak yo‘li» bekatiga suv sizib o‘tgan.
Ayni vaqtda quvurlarda suv to‘xtatilgan va mas’ul xodimlar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, poyezdlar doimiy jadval asosida harakatlanmoqda.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026