«Oqila ayollar» harakatining asosiy vazifalari aytildi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva “Oqila ayollar” jamoatchilik tuzilmasi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Nilufar Jumayeva
"Oqila ayollar" harakati qoida tariqasida, qo‘mitada –50 nafar, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarida – 35-40 nafardan, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlarida – 30 nafardan, mahallada – 15 nafardan faol va tashabbuskor ayollardan iborat tarkibda shakllantirilmoqda.
Bugungi kunda harakatning 75 mingdan ziyod a’zosi shakllantirilib, umumiy hisobda respublika bo‘yicha 147 085 nafar a’zosi ro‘yxati tayyorlanmoqda.
"Oqila ayollar" harakatining faol va tashabbuskor ayollari jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan rag‘batlantirib boriladi.
Bundan tashqari, tegishli tavsiyalarga asosan davlat mukofotlari, “Mo‘tabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni va boshqa esdalik, ko‘krak nishonlari, idoraviy mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Mavzuga oid

14:29 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

10:56 / 08.03.2025
5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

08:41 / 08.03.2025
2025 yilda 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash rejalashtirilgan

17:18 / 08.02.2025